Dilso'z


Dilso'z tahallusi bilan estradamizga kirib kelgan yangi yulduzimiz Go'zal Jumaniyozova 1989-yil Navoiy shahrida tavallud topdi. U Navoiy shahridagi 11-maktabni tamomladi. Maktabda o'qish bilan birga tadbirlarda qo'shiq ham kuylab turardi. Maktab davrida eng sevgan qo'shig'i bu Jasur Mirsagatovning O xayot qo'shig'i edi. Shu qo'shiqni juda mahorat bilan ijro etardi. Dilso'z maktabni tamomlagandan so'ng, Navoiydagi Madaniyat va san'at kollejining xor direjyorlik bo'limini tamomlaydi. Xozirgi kunda esa xonanda Navoiy Pedagogika institutining Pedagogika fakultetining musiqiy ta'lim bo'limi talabasi. Shu bilan birga tinib-tinchimas Dilso'z qo'shiq kuylashni ham davom ettirmoqda. Uning TV va radioto'lqinlari orqali 3 a qo'shig'i namoyish etildi. Uning qo'shiqlari muhlislarga juda ham ma'qul bo'lib Jonim ozori va Sevikli yorim qo'shiqlari xit darajaga yetdi. Xonanda o'qish bilan bir vaqtning o'zida New Star Media markazida o'z faoliyatini olib bormoqda. Read more on Last.fm. User-contributed text is available under the Creative Commons By-SA License; additional terms may apply.

Related Artist

Top Tracks

Copyright © 2019 | Mrtzcmp3